Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Gaz va svetdan norozi bo‘layotganlarga qamoqni eslatgan deputat deputatlikdan mahrum qilindi

Gaz va svetdan norozi bo‘layotganlarga qamoqni eslatgan deputat deputatlikdan mahrum qilindi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan deputat Muzaffar Jamolitdinovning faoliyati ko‘rib chiqildi va uning deputatlik vakolati muddatidan oldin yakunlandi.

Bu haqda Xalq deputatlari Namangan shahar kengashi kotibiyati rahbari Nosir Ubaydullayev rost24.uzga ma’lum qildi.

Deputatning o‘zi yana post qoldirib, «mendagi asl maqsad xalqni qamalishi bilan qo‘rqitish yoki tahdid qilish emas, balki tinchlik xotirjamlikni qadriga yetishga qaratilgan edi», deb bildirib o‘tgan.

Shuningdek u, aynan qamoq bilan bog‘liq holatga to‘xtalganiga izoh berar ekan, “Bundan 6 yil avval men o‘zim bir ishda ayblanib 10 oy QAMOQ EHTIYOT CHORASIda turmada saqlanganman» deb yozib uzr so‘ragan.

Ma’lumot uchun deputat Jamolitdinov Muzaffar O‘zlidep partiyasi a’zosi bo‘lgan. U 2019 yil saylovda saylangan bo‘lib 2020 yildan deputatlik faoliyatini boshlagan.

Kiritildi: 15:23 07.12.2022. O'qildi: 3878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!