Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Gaz bosimi keskin oshishi natijasida 7 ta uy yonib ketdi

A A A
Gaz bosimi keskin oshishi natijasida 7 ta uy yonib ketdi

Maxachqal’ada payshanba kuni tushdan keyin gaz bosimining ko‘tarilishi natijasida uylar yonib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra jami 7 ta uy yonib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Dog‘iston bo‘yicha bosh boshqarmasining xabar berishicha, uchta uydagi yong‘in Favqulodda vaziyatlar vazirligi yetib kelguniga qadar o‘chirilgan, to‘rttasida yong‘inni o‘chirish hali ham davom etmoqda.

Qayd etilishicha, beshta o‘t o‘chirish brigadasi va maxachqal’alik qutqaruvchilarning bir ekipaji, shuningdek, olti birlik yong‘in va qutqaruv texnikasi jalb etilgan. Gaz brigadalari ham joyida.

Qurbonlar haqida ma’lumotlar aniqlanmoqda.

Kiritildi: 16:39 26.01.2023. O'qildi: 5465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!