Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Gayane Umerova YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi

Gayane Umerova YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi

17-iyun kuni Fransiya poytaxti Parijda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan agentligi – YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.

Tomonlar 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO (1945-yil 16-noyabrda tashkil etilgan) Bosh konferensiyasining bo‘lajak yubiley sessiyasiga puxta taraddud ko‘rishning amaliy jihatlarini muhokama qilishdi.

Mazkur Bosh konferensiya davomida YUNESKO vakolatlari doirasida yangi jahonshumul tashabbuslarni hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir strategik loyiha va dasturlarni takomillashtirish, qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kiritildi: 17:20 18.06.2024. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!