Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Gavhar Sharipovaning opasi aktrisaning jasadi rasmlarini tarqatganlarni qoraladi (+video)

Gavhar Sharipovaning opasi aktrisaning jasadi rasmlarini tarqatganlarni qoraladi (+video)

«Opa-singillar», «Gulxan atrofidagilar», «Alpomish» kabi filmlaridagi rollari bilan tanilgan, 2019 yilning oxirida baxtsiz hodisa tufayli olamdan o‘tgan aktrisa Gavhar Sharipovaning opasi Nafisa Sharipova «Daryo» nashriga intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Nafisa Sharipova singlisining vafotidan keyin uning jasadini rasmga olib, internetda tarqatib yuborganlarni qattiq qoralab, bu holat ularning oila a’zolariga juda qattiq ta’sir qilgani haqida yig‘lab gapirib berdi.

- Gavhar singlim vafot etgan joyida tushirilgan rasmni internetga tarqatib yuborgan odamga aytadigan gapim bor. Sizni ham ona tug‘gandir, bu dunyoga sizni musulmon ayol keltirgan bo‘lsa, singlingiz, farzandingiz, qizingiz, rafiqangiz bo‘lsa, bunday qilishga nima haqqingiz bor edi, siz qanchalik odamgarchiligi yo‘q inson ekansiz. Bunday qilishga kimning haqqi bor, telekanallarda ham Gavharni muhokama qilish nimaga kerak edi?

Gavhar xushchaqchaq, yaxshi inson edi. Farzand ko‘ra olmagani uchun juda bolajon edi. Men Gavharni Telegram’da tarqalgan rasmlari bilan emas, balki qo‘limdagi suratlari bilan, yaxshi xotiralar bilan eslashingizni iltimos qilardim, deydi Gavhar Sharipovaning opasi Nafisa Sharipova.

Ma’lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980 yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan, «Aldangan ayol», «Go‘zallik siri», «Alpomish», «Gulxan atrofidagilar», «Sarvinoz» kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.

Aktrisa Gavhar Sharipova 2019 yilning 19 noyabr kuni Samarqand—G‘uzor avtomobil yo‘lida Isuzu yuk mashinasida kelayotganida yuk mashina haydovchisi unga shilqimlik qilgan, shundan so‘ng aktrisa 140 km tezlikda ketayotgan mashinadan o‘zini tashlab vafot etgan.

Kiritildi: 11:56 22.05.2020. O'qildi: 23571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!