Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

G‘aribobodiy: "Eronga qarshi rezolyusiya urush jinoyatlarini yashirishga urinishdir"

G‘aribobodiy: "Eronga qarshi rezolyusiya urush jinoyatlarini yashirishga urinishdir"

AQSh va uchta Yevropa davlati tomonidan Eronga qarshi tayyorlangan rezolyusiya loyihasi urush jinoyatlarini yashirishga urinishdir.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiy o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.

Uning ta’kidlashicha, Isroil va AQShning Eron yadroviy inshootlariga hujumlari tekshiruvlarning to‘xtatilishiga olib kelgan va MAGATE mutaxassislari xavfsizlik nuqtai nazaridan mamlakatni tark etishga majbur bo‘lishgan. "AQSh o‘zining noqonuniy hujumining oqibatlarini Eronga qarshi dosega aylantirmoqchi", dedi u.

G‘aribobodiy shuningdek, himoya ostidagi inshootlarga zarba berilganini va yadroviy xavfsizlik va tekshirish imkoniyatlari buzilganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu holatlar keyinchalik Eronga bosim o‘tkazish uchun ishlatiladi.

Kiritildi: Bugun 10:31. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!