Giyohvand moddalar nazorati bo‘yicha xalqaro qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, g‘arblik keksalar orasida giyohvandlik tobora keng yoyilmoqda.
Masalan, Avstraliyada 2007-2016 yillarda 50-60 yosh oralig‘ida bo‘lganlar va 60 yoshdan kattalar o‘rtasida giyohvandlar soni 60-70 foiz ortgan. AQShda esa yigirma yil ichida – 1996 yildan 2016 yilgacha 50 yoshdan katta bangilar soni 1 millondan 11 milliondan yetgan.
Tadqiqotda aniqlanishicha, bir qator G‘arbiy Yevropa davlatlari, jumladan, Fransiya, Germaniya, Ispaniya va Britaniya keksalari asosan nasha iste’mol qiladi. Umuman, dunyoda 2012 yildan 2019 yilgacha 65 yosh va undan kattalar orasida nasha iste’moli 1,2 foizdan 5,1 foizga o‘sgan. Ko‘pgina qariyalar boshqa giyohvand moddalar, masalan, opiy va kokain ham iste’mol qilar ekan.
Giyohvand moddalar nazorati bo‘yicha xalqaro qo‘mitaning ta’kidlashicha, keksalar orasida giyovandlik oqibatida o‘lim holatlari ham ortmoqda. Qo‘mita G‘arb davlatlari hukumatlarini keksa bangilar muammosiga e’tibor qaratishni so‘ramoqda.