Jinoyatchi Isroil harbiy kuchlari bosib olingan G‘arbiy qirg‘oq bo‘ylab kuchaytirilgan hujumni boshladi. Hududning shimoliy qismidagi Falastin shaharlari va qishloqlari zo‘ravonlikning asosiy qurboniga aylandi.
Bugun ertalab "Chegarasiz shifokorlar" tashkiloti bergan bayonotida aytilishicha, "o‘ta shafqatsiz zo‘ravonlik" kampaniyasi o‘nlab falastinliklarning o‘limiga sabab bo‘ldi, 26 ming kishini ko‘chirdi va 180 ga yaqin uyni jiddiy shikastladi.
Tashkilotning xabar berishicha, Jenin va Tulkarem shaharlarida "qamal va takroriy hujumlar tufayli odamlar oziq-ovqat, suv va yoqilg‘idan mahrum bo‘lmoqda".
"Isroil kuchlari tomonidan nafaqat Jeninda, balki butun G‘arbiy qirg‘oq bo‘ylab qattiq harakat cheklovlari joriy etilgan. Bu yo‘llarning yopilishi, nazorat-o‘tkazish punktlarida uzoq kutishlar va qishloq kiraverishlarida yangi shlagbaumlarning o‘rnatilishi bilan izohlanadi".