Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

G‘arbiy Afrika davlatlari Nigerga bostirib kirishga tayyorlanmoqda

A A A
G‘arbiy Afrika davlatlari Nigerga bostirib kirishga tayyorlanmoqda

G‘arbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo davlatlar qurolli kuchlari qo‘mondonlari maxsus tavsiyani ma’qulladi.

"Unda mumkin bo‘lgan aralashuvning barcha elementlari, shu jumladan, buni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslar hamda qo‘shinlarni qanday va qachon joylashtirilishi" mavjud", — deb ta’kidladi ECOWAS'ning siyosiy, tinchlik va xavfsizlik komissari RFI'ga.

"ECOWAS davlat rahbarlari ushbu tavsiya asosida keyingi harakatlar to‘g‘risida qaror qabul qilish niyatida", — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Nigeriya prezidenti Senatni Nigerga qurolli bostirib kirishni ma’qullashga chaqirgan edi.

Ayni paytda, ECOWAS davlatlari tomonidan Nigerdagi isyochilarga berilgan qonuniy hokimiyatni tiklash haqidagi ultimatumi muddati tugamoqda.

Nigerda hokimiyatni egallab olgan harbiy xunta qo‘shni davlatlar tahdidlari fonida qurolli kuchlarda asosiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:52 06.08.2023. O'qildi: 1757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!