Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

G‘arb urushni muzlatib qo‘ymoqchi. Lekin buni qilmaslik kerak — Bloomberg

G‘arb urushni muzlatib qo‘ymoqchi. Lekin buni qilmaslik kerak — Bloomberg

G‘arb siyosiy doiralari Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni hozirgi chiziqda muzlatish variantini muhokama qilmoqda, biroq bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘l kelishi mumkin, deb yozadi Bloomberg.

«Putin G‘arb ertami kechmi Ukrainaga yordam berishni to‘xtatadi, deb hisoblab, charchatish urushni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Sulh Rossiya qo‘shinlariga o‘z saflarini to‘ldirish, taktik kamchiliklarni bartaraf etish va yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Voqealarning bunday rivojlanishi Ukrainaga xalqaro yordamni ham zaiflashtirishi mumkin. Ba’zi G‘arb ittifoqchilari allaqachon moliyaviy yordamni qisqartirish sabablarini izlamoqda, masalan, Germaniya kelasi yil Ukrainaga yordam budjetini qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Sulh ittifoqchilarning chekinishiga zamin yaratib, Ukrainaning qayta tiklangan rus qo‘shinlari oldidagi zaifligini oshirishi mumkin.

Jurnalistlarning fikricha, bu ssenariyning oldini olish uchun Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari qurol-yarog‘ va havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishni ko‘paytirish orqali Ukrainaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda davom etishi kerak. Faqatgina shunday strategiya Putinni o‘z hisob-kitoblarini qayta ko‘rib chiqishga va mintaqaga barqarorlik va tinchlik olib kelishi mumkin bo‘lgan haqiqiy muzokaralarni ilgari surishga majbur qiladi», — deyiladi materialda.

Kiritildi: 19:59 30.09.2024. O'qildi: 2229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!