Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

G‘arb matbuoti Tramp Isroilning Eronga zarba berishiga qarshi bo‘lgani haqida xabar bermoqda

 G‘arb matbuoti Tramp Isroilning Eronga zarba berishiga qarshi bo‘lgani haqida xabar bermoqda

The Wall Street Journal'ning yozishicha, Tramp Netanyahuni Eronga qarshi harbiy operasiyani keyinga qoldirishga ko‘ndirishga uringan. AQSh rasmiylariga ko‘ra, 9 iyun kuni Tramp Netanyahu bilan suhbatda Tehron bilan diplomatik sa’y-harakatlar yana biroz davom etishini istashini aytgan. 15 iyunda Eron bilan muzokaralarning navbatdagi raundi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

"Ammo Netanyaxu Trampga bu Eronga kelishuv tuzish uchun berilgan 60 kunlik muddatning so‘nggi kuni ekanligini va Isroil ortiq kuta olmasligini aytgan", — dedi suhbat mazmunidan xabardor amaldorlardan biri.

Oq uy ma’muriyati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, prezident Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar bunga to‘sqinlik qilmasligini, biroq amerikalik harbiylar hujum operasiyalarida ishtirok etmasligini ta’kidlagan.

Kiritildi: 21:11 14.06.2025. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!