Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, bu Ukraina rasmiylari va ularning G‘arbdagi ittifoqchilari Rossiya tomonidan 2014 yildan beri bosib olingan hududlar ustidan Moskvaning suverenitetini tan olishini anglatmaydi.
"Loyihada ushbu hududlar kelajakda diplomatik yo‘llar bilan Ukrainaga qaytarilishi kerakligi to‘g‘risida yashirin kelishuv mavjud. Shunday bo‘lsada, bu Moskva bilan murosaga kelish uchun asos sifatida taqdim etilganda ukrainaliklar uchun nozik masala bo‘lib qolishi tushunarli", deb yozmoqda Financial Times.
Ukrainaning NATOga a’zoligi, “G‘arbiy Germaniya” deb ataladigan model bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Ya’ni xavfsizlik kafolatlari faqat Kiyev tomonidan nazorat qilinadigan hududlarga tegishli bo‘ladi. Sovuq urush davrida ham xuddi shunday bo‘lgan - Germaniya Federativ Respublikasi NATO a’zosi edi, lekin GDR alyans a’zosi emas edi.