Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

G‘arb davlatlari razvedka infratuzilmasini o‘z elchixonalarida joylashtirmoqda

G‘arb davlatlari razvedka infratuzilmasini o‘z elchixonalarida joylashtirmoqda

G‘arb davlatlari buzg‘unchi kontentni tarqatish uchun razvedka infratuzilmasini o‘z elchixonalarida joylashtirmoqda, dedi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) bosh kotibi Imangali Tasmagambetov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan XII yalpi majlisida.

"G‘arb davlatlari mezbon mamlakatlarda buzg‘unchi kontent yaratish va tarqatish uchun, ko‘pincha o‘z diplomatik missiyalari tarkibiga kiritilgan razvedka infratuzilmasidan foydalanadi. Buni o‘tkir muammo deb hisoblanishi mumkin", - dedi bosh kotib.

KXSHT — Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti postsovet respublikalari tomonidan 1992 yilda Toshkentda tashkil etilgan. Uni dastlab “Toshkent pakti” ham deyishardi. Tashkilot maqsadi — kollektiv asosida xalqaro va hududiy xavfsizlikni mustahkamlash. Bugungi kunda tashqilot tarkibiga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.

Kiritildi: 22:30 24.04.2024. O'qildi: 979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!