Kompaniya rasmiy vakili Jastin Makkartining ma’lum qilishicha, 88 yil davomida prezidentlarning omma tomonidan ma’qul ko‘rilish reytingini nashr qilib kelgan Gallup endi buni e’lon qilmaydi.
Makkartining so‘zlariga ko‘ra, qaror kompaniyaning yangi strategiyasi doirasida qabul qilingan bo‘lib, unda “jamoatchilikning dolzarb muammolari va davlat siyosati bo‘yicha so‘rovnomalar bilan ko‘proq shug‘ullanish” maqsad qilingan.
Gallup vakillari, shuningdek, hozirda prezident ish faoliyatini ma’qullash darajasi bo‘yicha boshqa ko‘plab reytinglar e’lon qilinayotganini qo‘shimcha qildi.
Gallup tomonidan har oy e’lon qilinadigan reytinglar ommaviy axborot vositalari tomonidan jamiyat kayfiyati haqida ishonchli manba sifatida faol foydalanilgan.
Oxirgi tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2025 yil dekabr oyida e’lon qilingan reytingda Donald Trampga nisbatan aholining ishonch darajasi 36 foizga pasaygani qayd etilgan.