Gektariga necha sentner g‘alla yetishtirilishiga ko‘ra tuzilgan umumjahon reytingida birinchi o‘rinni 100,8 s/ga ko‘rsatkich bilan Irlandiya, ikkinchi o‘rinni Yangi Zelandiya (97,1 s/ga) va uchinchi o‘rinni Buyuk Britaniya (78,1 s/ga) egallagan.
O‘zbekiston 48,2 s/ga natija bilan faxrli sakkizinchi o‘rinni egallab, yetakchi o‘ntalikdan joy olgan.
TOP-10 ga kiruvchi mamlakatlar:
🇮🇪Irlandiya – 100,8 s/ga
🇳🇿Yangi Zelandiya – 97,1 s/ga
🇬🇧Buyuk Britaniya – 78,1 s/ga
🇩🇪Germaniya – 73,0 s/ga
🇫🇷Fransiya – 69,3 s/ga
🇪🇬Misr – 64,5 s/ga
🇨🇳Xitoy – 58,1 s/ga
🇺🇿O‘zbekiston – 48,2 s/ga
🇺🇦Ukraina – 45,3 s/ga
🇿🇦Janubiy Afrika – 43,1 s/ga