AQSh sudi 2021 yilda o‘ldirilgan Gaiti prezidenti Jovenel Moizni o‘g‘irlash yoki suiqasd qilishga urinishda ayblangan to‘rt kishini aybdor deb topdi.
Hukm Janubiy Florida shtatidagi federal sudda chiqarilgan.
Mahkumlarning barchasi Mayamida joylashgan Counter Terrorism Unit Federal Academy xavfsizlik kompaniyasi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.
Sudlanuvchilar — "Toni" Intriago, Arkanxel Pretel, Uolter Veyntemilya va Djeyms Solaj — 2023 yilda 11 nafar sudlanuvchi ayblangan ishning bir qismi bo‘lgan.
Jovenel Moiz 2021 yil 7 iyulda Gaitining Port-o-Prens chekkasidagi uyiga qurolli hujumda o‘ldirilgan. Uning rafiqasi yaralangan, ammo tirik qolgan.