Abdulla Qodiriy NKVD tomonidan “xalq dushmani” deya ayblanib, 1937 yilning 31 dekabrida qamoqqa olingan edi.
1938 yilning 4 oktyabrida ëzuvchi Abdulla Qodiriy xozirgi DXX o‘sib chiqqan NKVD ning qizil (Sovet) askarlari tarafidan otib o‘ldirilgan edi. Qodiriy otib o‘ldirilish arafasida NKVD ëllagan provakatorlar uni obro‘sizlantiruvchi maqolalar e’lon qilishgan. Qodiriyga qarshi ko‘pchilik qatorida G‘afur G‘ulom ham chaquv ëzgan.
Nabijon Boqiyning "Qatlnoma" kitobidan parcha:
1938 yilning 21 mart kuni 1905 yili (?) tug‘ilgan, Toshkent shahrining Kirov deparasi, Uchqun ko‘chasidagi 52-uyda istiqomat qiladigan SSHJI fuqarosi bo‘lmish jaridachi yozuvchi G‘afur G‘ulomni O‘zSSHJ Ichki Ishlar xalq Komissarligi Davlat Xavfsizligi boshqarmasi IV bo‘limining xodimi, davlat xavfsizligi serjanti TRIMASOV guvoh tarzida so‘roq qiladi. So‘roq tasdiqnomasida qayd etilishicha, G‘afur G‘ulom o‘rta ma’lumotli, firqasiz kishi bo‘lib, qizil qo‘shin safida ham, oqlarning aksil inqilobiy askarlari orasida ham… qorasini ko‘rsatmagan ekan. Guvoh yolg‘on ko‘rgazma bersa, jinoiy javobgarlikka tortilajagi to‘g‘risida ogohlantiriladiyu tergov boshlanadi.
«Savol: Abdulla Qodiriyni yaxshi taniysizmi?
Javob: Abdulla Qodiriy chinakam millatchi hisoblanadi. Ilgari u savdogar, mushtumzo‘r edi, o‘z xo‘jaligida odamlarni majburan ishlatardi. Bundan tashqari, Zohiriddin A’lam, Shohidov kabi aksilinqilobiy kayfiyatdagi musulmon ruhoniylari bilan doim apoq-chapoq bo‘lib yurardi. Oshna-og‘aynilari aksilinqilobiy faoliyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Savol: Qodiriyning Sho‘roga qarshi aksilinqilobiy faoliyatiga oid nimalarni bilasiz? Batafsil gapirib berolmaysizmi?
Javob: A.Qodiriy chinakam aksilinqilobchi, millatchi. U doim aksilinqilobiy, millatchilik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lardi. Masalan, o‘zining «Kalvak maxzum», «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» singari asarlarida aksilinqilobiy, millatchilik g‘oyalarini tarannum etadi, hozirgi zamon o‘zbek xalqiga tuhmat qiladi, o‘rislarning ustidan kuladi. Shuningdek, jamoa xo‘jaligi qurilishiga qarshi chiqadi, ayni choqda yakkaxo‘jalik turmushini ulug‘laydi.
Esimda, 1935-36 yillarda Sho‘ro Ittifoqi bilan savdo-sotiq qiladigan bitta tijoratchi Qoshg‘ardan Toshkentga keldi. O‘sha tijoratchi Qodiriy uyida mehmon bo‘ldi va «O‘tkan kunlar» romanini arab imlosida nashr etish va uni Qoshg‘arga jo‘natish to‘g‘risida Qodiriy bilan maslahatlashdi. Biroq, ularning qanday xulosaga kelgani menga qorong‘i. Shu haqda Qodiriyning o‘zi menga gapirib bergan edi. Bundan tashqari, aksilinqilobchi, millatchi deb e’lon qilingan Vadud Mahmud, Cho‘lpon, G‘ozi Yunusovlar bilan Qodiriy juda inoq edi. Bu kimsalar Ichki Ishlar Xalq, Komissarligi tomonidan javobgarlikka tortilgan.
1936 yili men Qodiriy bilan birgalikda Nabi Sharipovning uyiga taklif etildim (u aksilinqilobchi, millatchi edi, hozirgi paytda jinoiy javobgarlikka tortilgan); o‘sha xonadonga Zohiriddin A’lam, Shohidov, Cho‘lpon (aksilinqilobiy musulmon ruhoniylari, hozir javobgarlikka tortilganlar) va menga notanish kimsalar ham taklif etilgan ekanlar. O‘tirish davomida faqat siyosiy mavzuda suhbatlashdilar, hamma Sho‘ro hokimiyatini qoraladi, Sho‘rolarga qarshi gapirishdi. Qodiriy: «Sho‘ro hukumati zayom chiqardi, endi uni majburiy tartibda odamlarga tarqatmoqda», dedi. O‘tirish qatnashchilarining bari Qodiriyning fikr-mulohazasini qo‘llab-quvvatlashdi va shu yerdayoq zayomga obuna bo‘lmaslikka qaror qilishdi hamda dindorlar o‘rtasida zayomga obuna bo‘lmaslik haqida targ‘ibot yuritishga kelishib qo‘ydilar. Undan so‘ng Shohidov bunday dedi: «Xotin-qizlar yuzini ochib tashlash mumkin emas, bu Qur’onda man etilgan. Qolaversa, paranjisini tashlagan ayollar rahbarlik lavozimlarini egallaydilar, keyin erlar xotinlarga bo‘ysunishga majbur bo‘lishadi — bu hol ham Qur’onga xilofdir». Bu masalada ham dindorlar o‘rtasida, ayollar yuzini ochilishiga qarshi targ‘ibot ishlari olib borishga kelishdilar.
1936 yilda bir guruh o‘zbek yozuvchilari Qozon shahriga safar qildi. Qozon shahridagi «Sho‘ro» mehmonxonasida yashab turgan paytimizda (Amin Umariy bilan Shokir Sulaymonov ham biz bilan birga edilar) Qodiriy menga bunday dedi: «Tataristonda va olmonlarning Edilbo‘yi muxtoriyatida oziq-ovqat mahsulotlari ataylab taxchil etib qo‘yilgan. Sho‘ro hukumati aholi o‘rtasida norozilik uyg‘otish uchun jo‘rttaga shunday qilyapti. Olmoniyada esa xayr-ehson to‘planyapti, yig‘imdan tushgan mablag‘, mahsulot Tatariston bilan olmonlarning Edilbo‘yi muxtoriyatiga jo‘natilyapti». So‘ngra Qodiriy bunday dedi: «Harbiy jihatdan Sho‘ro Ittifoqi Olmoniyadan kuchsiz. Agar urush boshlanib ketsa, Sho‘ro hukumati mag‘lubiyatga uchraydi».. Ushbu so‘zlarni eshitishimiz bilan Umariy, Sulaymonov va men darhol Qodiriyga e’tiroz bildirdik. Ammo Qodiriy o‘z fikridan qaytmadi.
Umariy adabiyot bilan shug‘ullanadi. Sulaymonov O‘zbekiston Davlat nashriyotida ishlaydi. Ikkovi ham Toshkent shahrida yashaydi.
Shundan boshqa aytadigan gapim yo‘q.
Mening so‘zlarim to‘g‘ri yozib olingan, o‘zim o‘qib ko‘rdim. G‘. G‘ulom (imzo).
Tergovchi: TRIMASOV (imzo).
(A.Qodiriyning jinoyatnomasi, 32—34-sahifalar)
ANGLATMA
«Arizago‘y H.Qodiriy bilan. suhbatlashganimiz to‘g‘risida.
1988 yilning 27 yanvar kuni men — O‘zSSHJ Davlat Xavfsizligi Qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik V. A. Petlin, qo‘mita shoshilinch vazifalar xodimi B. I. Toshpo‘latov bilan birgalikda arzgo‘y Habibulla Qodiriy bilan uning xonadonida suhbatlashdik. Arzgo‘y betob ekan, qish paytida xonadonidan tashqariga chiqa olmaydi.
Arizada o‘rtaga qo‘yilgan masala yuzasidan tushuntirildiki, DXQ tomonidan tergov qilingan kishilarning jinoyatnomalari tanishib ko‘rish uchun shaxsiy arzgo‘ylar qo‘liga berilmaydi. Keyingi savollarga bunday javob berildi: arzgo‘yning otasi — Abdulla Qodiriy 1938 yilda go‘yo F. Xo‘jayev rahbarlik qilgan aksilinqilobiy, aksilsho‘raviy tashkilotga a’zo bo‘lgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan va oliy jazoga hukm qilingan, hukm ijro etilgan. Shunday shaxslarning ko‘milgan joylari o‘sha davrda rasmiy hujjatlarda qayd etilmasdi, shuning uchun hozir uning qayerga dafn etilganini aniqlash imkoniyati yo‘q. 1956 yili u oqlangan. Chunki uning xatti harakatida jinoyat tarkibi yo‘qligi tan olingan.
Suhbat paytida Habibulla Qodiriy, otasining nohaq jazolanishida G‘afur G‘ulom asosiy aybdor hisoblanadimi, degan masalaga oydinlik kiritmoqchi bo‘ldi. Unga, biz bunday ma’lumotga ega emasmiz, deb javob berildi. Arzgo‘y otasi haqida o‘zi yozayotgan kitobda G‘afur G‘ulomni qoralab aks ettirishim mumkinmi, deb so‘radi. Biz unga tushuntirdikki, agar qoralash uchun to‘la isbotlangan, haqqoniy dalil bo‘lsa, yozish mumkin, albatta. Aks holda, muallif birovga tuhmat qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Suhbat paytida Habibulla Qodiriy aytdiki, uning yaqin bir tanishi (bundan yigirma yillar muqaddam) mutlaqo tasodifan Abdulla Qrdiriyning jinoyatnomasi bilan tanishib, unga ba’zi tafsilotlarni so‘zlab bergan ekan. Xususan, arzgo‘y otasini tergov qilgan sobiq tergovchi Trig‘ulovning ko‘rgazmasi to‘g‘risida haqiqatga yaqin tafsilotlarni aytdi. Bundan tashqari, Abdulla Qodiriyning ishi qayta ko‘rilayotgan vaqtda tergovga chaqirilgan arzgo‘y o‘sha paytda ba’zi tafsilotni o‘zi bilib olgan ekan.
Suhbat oxirida arzgo‘y Xabibulla Qodiriy, agar otasining jinoyatnomasi bilan tanishib ko‘rishning imkoniyati yo‘q bo‘lsa, DXQga yozgan arizasi bo‘yicha unga berilgan javobdan qoniqqanini e’tirof etdi; bu masala yuzasidan e’tirozi yo‘q ekan.
O‘zSSHJ DXQ bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik V. PETLIN (imzo). O‘zSSHJ DXQ shoshilinch vazifalar xodimi, kapitan
B. TOSHPULATOV (imzo).
1988 y. 27 yanvar».
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, 98—99-sahifalar).
Demak, H. Qodiriy umrining oxirlarida ham otasining fojiali o‘limiga G‘afur G‘ulom sababchi bo‘lgan, deb taxmin qiladi. Lekin DXQning mas’ul xodimlari: «Biz bunday ma’lumotga ega emasmiz», deb javob berishadi.
* * *
G‘afur G‘ulom 1938 yilda Abdulla Qodiriy haqida dastlab ko‘rgazma bergandan so‘ng oradan o‘n sakkiz yil o‘tadi. Va 1956 yil yanvar oyining o‘n oltinchi kuni TurkHO‘ prokurorining yordamchisi, adliya podpolkovnigi GRISHCHENKO O‘zbekiston Sho‘ro yozuvchilari uyushmasining a’zosi bo‘lmish G‘afur G‘ulomni guvoh sifatida so‘roh qiladi. Bu paytga kelib G‘. G‘ulom oliy ma’lumot olgan va 1946 yilda qo‘mmunistchi firqaga a’zo bo‘lgan edi. Usha kungi tergov tasdiqnomasida asosan quyidagi ko‘rgazma qayd etiladi.
«Savol: Yozuvchi Abdulla Qodiriyni bilasizmi? Uning o‘tmishi haqida Sizga nimalar ma’lum?
Javob: Men yozuvchi Abdulla Qodiriyni sirtdan, asarlari bo‘yicha 1925-26 yillardan beri bilaman. Shaxsan u bilan, taxminan, 1932 yili tanishganman. Abdulla Qodiriy toshkentlik bo‘lib, otasi bog‘bon edi. Qodiriyning o‘zi adabiyot bilan shug‘ullanardi, bo‘sh paytlarida ukalari bilan bog‘ yumushlarida mashg‘ul bo‘lardi.
Savol: 1923-26 yillarda Abdulla Qodiriy qayerda, qanday vazifalarni bajargan?
Javob: Vaqtli matbuotdan menga ma’lum ediki, u «Mushtum» jaridasi bilan hamkorlik qilardi.
Savol: 1923-26 yillarda «Mushtum» jaridasiga kim rahbarlik qilgan?
Javob' 1923-26 yillarda «Mushtum» jaridasiga G‘ozi Yunusov (hajvchi), shoir Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy rahbarlik qilganlar.
Savol: A. Qodiriyning «Mushtum»dagi faoliyati haqida Sizga nimalar ma’lum?
Javob: Qodiriy «Mushtum» bilan hamkorlik qilgan paytlarda uning felyetonlari, hajviy hikoyalari bosilib turardi.
Savol: Abdulla Qodiriyning g‘oyaviy-siyosiy qarashlari haqida nima deysiz?
Javob: Abdulla Qodiriy mutaassib musulmon edi, u barcha diniy rasm-rusumlarni qat’iyan ado etardi. Shuning uchun turmushimizdagi yangiliklar, xususan, xotin-qizlarning paranji tashlashi ham unga g‘ayritabiiy tuyulardi — bunday hodisalarga salbiy munosabatda bo‘lardi.
U millatchi edi, asarlarida o‘ris xalqiga nisbatan qahr-g‘azabini aks ettirgan. Jamoa xo‘jaligi qurilishini qoralardi, yakkaxo‘jalikni afzal ko‘rardi. Chunki uning o‘zi xo‘jalikni yakkabosh bo‘lib boshqarish tarafdori edi.
Savol: Abdulla Qodiriyning aksilinqilobiy xatti-harakatlari borasida nimalarni bilasiz?
Javob: Shaxsan menga Qodiriyning aksilinqilobiy xatti-harakatlari to‘g‘risida hech narsa ma’lum emas.
Savol: Qoshg‘arga jo‘natish uchun nashr etilgan Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» kitobi haqida nimalarni bilasiz?
Javob: Esimda bor, bir safar Abdulla Qodiriy menga o‘zining asarlarini Qoshg‘arda ham o‘qishayotgani haqida gapirib bergan edi va asarlarini uyg‘ur tilida chop etib, Qoshg‘arga yuborishni orzu qilgandi.
Savol: Abdulla Qodiriyning Vadud Mahmud, Cho‘lpon, G‘ozi Yunusovlar bilan o‘zaro munosabati haqida nimalarni bilasiz?
Javob: Menga ma’lumki, Vadud Mahmud jarindachi edi: u, Cho‘lpon, G‘ozi Yunusov (hajvchi), Abdulla Qodiriy qalin do‘st tutinishgan edi. Men Vadud Mahmud bilan shaxsan tanish emasman. 1954 yili Stalinobodda (hozirgi Dushanbe shahri — izox bizdan: N. B.) Ayniyning dafn marosimida qatnashgan kezlarimda Vadud Mahmud birmuncha vaqt Stalinobodda yashaganini odamlardan eshitdim.
Savol: Abdulla Qodiriydan aksilsho‘raviy ruhdagi fikr-mulohazalarni eshitganmisiz?
Javob: 1936 yili Qozon shahrida safarda bo‘lgan paytimiz, biz mehmonxonada Abdulla Qodiriy bilan birga yashadik. Ushanda u, agar urush boshlanib qolsa, albatta, Hitler g‘alaba qozonadi, degan edi. Suhbat ustida Amin Umariy ham bor edi (u 1946 yilda vafot etgan). Bu borada boshqa gap-so‘z bo‘lganini eslay olmayman.
Savol: Siz Nabi Sharipovni taniysizmi? U bilan munosabatingiz qanday edi? Nabi Sharipovning uyiga borganmisiz?
Javob: Nabi Sharipovni shaxsan tanimasdim. Lekin 1936 yili bir marta Nabi Sharipovning uyiga mehmonga taklif etildim. Ushanda Cho‘lpon bilan Abdulla Qodiriy ham borishgan edi. Nabi Sharipov nima ish qilishini bilmayman. Chunki uning uyida bor-yo‘g‘i bir marta bo‘lganman, xolos. Esimda, o‘shanda Nabi Sharipov xonadoniga bizdan tashqari, Cho‘lponning tog‘asi — O‘rta Osiyoning yirik ruhoniysi Zohiriddin A’lam ham tashrif buyurdi. Tushlik paytida Nabi Sharipovning otasi bilan Zohiriddin A’lam musulmon kishi yutuqqa egalik qilishi mumkin emasligi, aniqrog‘i, agar zayomga yutuq chiqsa, tekin puldan foydalanish huquqiga ega emasligi xususida, yutib olingan pulni birorta beva-bechoraga hadya etish lozimligi haqida gaplashib o‘tirishgan edi. Keyin suhbat mavzusi kushxonadan go‘sht xarid qilmaslik to‘g‘risida ketdi; chunki u yerda jonliqni risoladagidek so‘ymaydilar — chalajon holatida irg‘itib yuborishadi. Rostini aytsam, hozir barcha gap-so‘zlarni aniq eslay olmayman.
Savol: Amin Umariy bilan Shokir Sulanmonovni taniysizmi? Ularning taqdiri nima bo‘lgan?
Javob: Ha, Amin Umarov (Amin Umariy) bilan Shokir Sulaymonovni adabiy faoliyati orqali yaxshi bilaman. Amin Umarov O‘zSSHJning har xil nashriyotlarida xizmat qilgan. Shokir Sulaymonov esa shoir edi. Yana aytishim mumkinki, Amin Umarov faol yosh kamol bo‘lgan. 1946 yili Amin Umarov Toshkent shahrida vafot etdi.
Savol: Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar»„ «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon», «Kalvak maxzum» asarlari bilan tanishmisiz? Nomlari zikr etilgan asarlarning g‘oyaviy-tarbiyaviy ahamiyati, badiiy qimmati haqida nima deysiz? O‘sha asarlar Qoshg‘arda chop etilganmi?
Javob: Ha, Abdulla Qodiriyning asarlari bilan tanishman. Qodiriy o‘zining «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» kitoblarida Xudoyorxon hukmronlik qilgan davrni yoritgan. Abdulla Qodiriy bu asarlarida o‘rns xalqiga qahr-g‘azabini to‘kib solgan. Temirlang, Umarxon zamonidagi «oltin davr»ni qo‘msaydi. Agar o‘shalar kabi xonlar bo‘lganda bormi, o‘rislar ikki dunyoda ham Turkistonni bosib olisholmasdi, deb hisoblardi. Abdulla Qodiriy o‘z asarlarida Xudoyorxonni uquvsiz hokim sifatida qoralaydi; o‘sha yaramas oxir-oqibatda Turkistonni o‘rislarga topshirib qo‘ydi, deydi. «Obid ketmon» romanida Qodiriy yakkaxo‘jalikni ulug‘laydi, jamoa xo‘jaligi qurilishini qoralaydi. Bu romanida Qodiriy siflis (tanosil) kabi yuqumli kasalliklar Turkistonga o‘rislar tomonidan keltirilgan, deb talqin etadi. Abdulla Qodiriy «Kalvak maxzum» asarida Kalvak tnmsolida kalavasinipg uchini yo‘qotib qo‘ygan, eskichaga mukkasidan ketgan musulmonni tasvirlaydi; hajviy asar qahramoni qulay fursat tug‘ildimi bas, darrov yangilikni qoralaydi, eskilikni targ‘ib qiladi. O‘z zamonida Qodiriyning bu asari ko‘p nusxada qayta-qayta nashr etilgan.
Savol: O‘zbekiston Yo‘qsul yozuvchilar uyushmasi tashkiliy qo‘mitasining sobiq rahbarlari bo‘lmish Qurbonov, Sotti Husainov, Nasrullo Oxundiylarni taninsizmi? Ular hozir qayerda?
Javob: Ha, men Qurbonov, Husainov, Nasrullo Oxundiylarni taniyman. 1938 yilda Qurbonov O‘zbekiston Yo‘qsul yozuvchilari uyushmasining raisi edi, hozir u ilmiy xodim hisoblanadi. Lekin aynan qayerda ishlayotganini bilmayman. Sotti Husainov urush aaytida qamoqqa olingan: eshitishimga qaraganda, u jazolangan emish. Ammo, qachon, nima uchun jazolanganini men bilmayman. Nasrullo Oxundiy hozirgi paytda O‘zbekiston Davlat nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlamoqda.
Savol: Pedagogika institutining sobiq professori G‘ozi Olim Yunusovni taniysizmi?
Javob: Men G‘ozi Olim Yunusov nomini ilgari eshitganmanu, ammo u bilan shaxsan tanish emasman. U haqda biror narsa deya olmayman.
Savol. Siz Ibrohim Nazirovni taniysizmi?
Javob. Yo‘q, men Ibrohim Nazirovni tanimayman.
Ushbu ish yuzasidan shundan boshqa hech qanday ko‘rgazma bera olmayman.
Tasdiqnomaga mening so‘zlarim to‘g‘ri yozilgan, o‘zim o‘qib ko‘rdim.
G‘. G‘ULOM (imzo)
adliya podpolkovnigi GRISHCHENKO (imzo)».
Tergovchi: TurkHO‘ prokurorining yordamchisi,
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, 4-8-sahifalar)
Rassom Tuz sahifasidan olindi.