Alyans sammiti 24–25 iyun kunlari Niderlandiyaning Gaaga shahrida bo‘lib o‘tadi. Sammitning asosiy mavzusi Yevropa davlatlarining mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 foizigacha oshirish bo‘lishi kutilmoqda, AQSh prezidenti Donald Tramp bu talabni qat’iy ravishda ilgari surmoqda. Kutilishicha, Tramp sammitning ikkinchi kuni nutq so‘zlaydi.
Politico ma’lumotlariga ko‘ra, alyans a’zolari orasida AQSh prezidenti sammit natijalaridan qoniqish hosil qilishi muhim ekani borasida “umumiy kelishuv” mavjud. Shu maqsadda sammit tashkilotchilari tadbir dasturini qisqartirgan va asosiy e’tiborni Tramp uchun muhim bo‘lgan mudofaa xarajatlari masalasiga qaratgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham sammitda ishtirok etmoqda, anjumanning ochilishi munosabati bilan uyushtiriladigan kechki ovqatga taklif etilgan.
Zelenskiy allaqachon Gaagaga yetib kelgan va Niderlandiya bosh vaziri Dik Sxoof bilan uchrashgan", deya xabar bermoqda “Suspilne” telekanali.