Xalqaro jinoiy sud (XJS) mamlakat sobiq prezidenti Rodrigo Dutertening ishini to‘xtatish va uni ozod qilish haqidagi iltimosnomani rad etdi. 81 yoshli sobiq rahbar 2025 yil martidan beri Gaagada hibsda saqlanmoqda.
Dutertening advokatlari Filippin 2018 yilda XJS tarkibidan chiqqani sababli sud uni javobgarlikka tortishga haqli emas, deb da’vo qilishgan edi. Biroq sudyalar tergov mamlakat tashkilotni tark etishidan avval boshlanganini va sud jarayoni qonuniy ekanini tasdiqladi.
Prokuratura Duterteni 2016–2022 yillarda "o‘lim eskadronlari"ni tuzish va minglab odamlarni sudsiz qatl qilishda ayblamoqda. Rodrigo Dutertening o‘zi esa polisiyaga faqat o‘z himoyasi uchun qurol ishlatishga buyruq berganini aytib, ayblovlarni rad etib keladi.
Qurbonlarning oilalari sud qarorini "hech kim qonundan ustun emas" deya olqishlar bilan kutib olishmoqda.