Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

G7 Ukrainaga muzlatilgan Rossiya aktivlari daromadlari hisobidan qariyb 50 mlrd dollar kredit berdi

G7 Ukrainaga muzlatilgan Rossiya aktivlari daromadlari hisobidan qariyb 50 mlrd dollar kredit berdi

G7 davlatlari Ukrainaga muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olinayotgan daromadlar hisobidan qariyb 50 milliard dollar kredit taqdim etdi. Bu haqda RIA Novosti Ukraina Moliya vazirligi va milliy idoralar ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda «Katta yettilik» davlatlari ushbu sxema doirasida Kiyevga taxminan 50 milliard dollar miqdorida qarz ajratishni ma’qullagan. Sentyabr oyi oxiriga kelib Ukraina 49,4 milliard dollar mablag‘ olgan.

Dastlabki 1 milliard dollar 2024 yil oxirida AQSh tomonidan ajratilgan. Shundan keyin Vashington Rossiya aktivlaridan olinayotgan daromadlar hisobidan boshqa mablag‘ yo‘naltirmagan.

G7ning qolgan davlatlari Ukrainaga o‘tgan yili 37,9 milliard dollar, joriy yilda esa yana 10,5 milliard dollar taqdim etgan.

Kiritildi: 06:06 06.10.2026. O'qildi: 1332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!