Rio-de-Janeyroda yakunlangan G20 sammitida davlat yetakchilari qo‘shma bayonot qabul qilib, unda Ukrainada "keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlik" o‘rnatishga chaqirishdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Shu bilan birga, xuddi avvalgi yig‘ilishda bo‘lgani kabi, dunyoning 20 ta yirik davlati rahbarlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoralamadi.
22 sahifalik hujjatning yakuniy matnida Ukraina bir marta tilga olindi. O‘tgan yili Dehlida bo‘lib o‘tgan sammit deklarasiyasida bo‘lgani kabi, Rossiyaning haqida bir marta ham qayd etilmagan.
"Biz BMT Nizomining barcha maqsad va tamoyillariga muvofiq xalqlar o‘rtasida tinch, do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan barcha tegishli va zarur konstruktiv tashabbuslarni olqishlaymiz", deyiladi bayonotning to‘qqizinchi bandida.