Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

G20 G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda

 G20 G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda

G20 yetakchilari G‘azo va Livandagi sulhni qo‘llab-quvvatladilar va Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha konstruktiv tashabbuslarni olqishladilar.

Blokada qilingan Falastin anklavidagi halokatli gumanitar vaziyatdan «chuqur xavotir» izhor etgan sammit ishtirokchilari fuqarolarning o‘z uylariga xavfsiz tarzda qaytishiga imkon beradigan otashkesimni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar.

«Biz insonparvarlik yordami oqimini kengaytirish va tinch aholi himoyasini kuchaytirish zarurligini ta’kidlaymiz hamda insonparvarlik yordamini to‘liq ta’minlash yo‘lidagi barcha to‘siqlarni olib tashlashni talab qilamiz», — deyiladi deklarasiyada.

G20 yetakchilari falastinliklarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini va «Isroil va Falastin davlati xavfsiz va tan olingan chegaralar ichida tinch-totuvlikda yonma-yon yashaydigan» ikki davlat yechimiga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Ukrainada 2022 yil fevralidan beri 1000 kundan ortiq davom etayotgan mojaroga kelsak, sammit ishtirokchilari mojaroning global oziq-ovqat va energiya xavfsizligi, ta’minot zanjiri, makromoliyaviy barqarorlik, inflyasiya va o‘sishga salbiy ta’sirini qayd etdilar.

Kiritildi: 20:55 19.11.2024. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!