Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan G20 yig‘ilishining yetakchilari yakuniy bayonot bilan chiqishdi, u Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqiradi, lekin Rossiyani bosqinchi sifatida tilga olmaydi.
Unda liderlar «global oziq-ovqat va energiya xavfsizligi, ta’minot zanjirlari, makromoliyaviy barqarorlik, inflyasiya va o‘sish bilan bog‘liq insoniyat azoblari va urushning salbiy qo‘shimcha ta’sirini ta’kidlashni» xohlashlarini aytdi.
«Biz keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikni qo‘llab-quvvatlovchi, xalqlar o‘rtasida tinch, do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan BMT Nizomining barcha maqsad va tamoyillarini qo‘llab-quvvatlovchi barcha tegishli va konstruktiv tashabbuslarni olqishlaymiz», — deyiladi bayonotda.
Bayonot Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silvaning Braziliyaning o‘nlab yillar davomida qo‘shilmaslik tamoyilini qo‘llab-quvvatlash niyatini aks ettiradi.
2023 yil yanvarida lavozimga kirishganidan beri u tez-tez Rossiya, NATO va Ukraina mojaroda aybdor, degan fikrni bildirgan.