Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

FVV Yozyovondagi yong‘in tafsilotlari haqida: «13 ta ob’ektga o‘t ketgan»

A A A
FVV Yozyovondagi yong‘in tafsilotlari haqida: «13 ta ob’ektga o‘t ketgan»

13 iyul kuni Telegram kanallarida Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanidagi yong‘in aks etgan videolar tarqalgandi. FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, yonma-yon joylashgan 13 ta ob’ektga o‘t ketgan. Yong‘in natijasida jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.

«13 iyul kuni soat 00-25 da Yozyovon tumani Mustaqillik ko‘chasida joylashgan choyxona, savdo do‘konlari, chevarxona hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida jami 200 kv.m yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada do‘konlarning ichki va tom qismi yongan.

Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 00:30 da yetib borib, 00-50 da o‘rab olinib, 02-00 da batamom o‘chirilgan hamda yong‘inga tutash boshqa binolar saqlab qolingan. Yong‘in joyiga 7 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb qilingan. Yong‘indan 800 kv.m maydon saqlab qolingan», deya ma’lumot berdi FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov. 

FVV Yozyovondagi yong‘in tafsilotlari haqida: «13 ta ob’ektga o‘t ketgan»

Murod Sodiqovning qo‘shimcha qilishicha, yong‘in natijasida 4 ta maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 4 ta chevarxona, 3 ta savdo do‘koni, 1 ta choyxona va 1 ta somsaxona yongan. FVV mulozimi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim videolarda aytilganidek, 13 ta ob’ektga tutash bo‘lgan masjid yong‘indan deyarli talafot ko‘rmaganini ta’kidladi.

«Ayni paytda yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Kiritildi: 07:20 15.07.2020. O'qildi: 2923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!