FVV qutqaruvchilari hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli qizchani qutqarib qoldi. Holat 17 oktyabr kuni ertalab Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. 2023 yilda tug‘ilgan qizcha hovlidagi hojatxonaga ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli tushib ketgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari qizchani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan. Shuningdek u shifoxonaga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.