Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Lukashenko Putinni olib, Kiyevga uchib kelsin"

"Lukashenko Putinni olib, Kiyevga uchib kelsin"

U meni o‘zi bilan "olib ketishni" taklif qilyapti. Men nima, chamadonmanmi? Shunchaki samolyotga mindirib, Moskvaga olib ketish — nima uchun? Bu jiddiy gap emas, deya fikr bildirdi Zelenskiy Lukashenkoning Moskvaga uchish taklifi yuzasidan.

«Lukashenko Putinni olib, Kiyevga uchib kelsin. Biz ularning xavfsiz kutib olinishiga kafolat beramiz. Axir, bu — muzokaralar-ku», — dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbarining bayonoti Lukashenkoning Zelenskiy bilan birga muzokaralar uchun Moskvaga, Putin huzuriga uchishga va uning xavfsizligiga kafolat berishga tayyorligini bildirgan intervyusiga javoban yangradi.

Shuningdek, Ukraina prezidenti Belarus prezidenti jiddiy bo‘lmagan narsalarni taklif qilayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 15:20. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik