Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Futbol yulduzlari qaysi akademiyalardan chiqqan? Top-10 ro‘yxat e’lon qilindi

Futbol yulduzlari qaysi akademiyalardan chiqqan? Top-10 ro‘yxat e’lon qilindi

GiveMeSport nashri futbol tarixidagi eng samarali 10 ta futbol akademiyasi ro‘yxatini taqdim etdi. Reytingda futbolchilar sifati, akademiyaning klubga bergan daromadi, tarbiyalangan o‘yinchilarning jamoaga ta’siri va faoliyati kabi mezonlar hisobga olingan.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni “Barselona” egalladi — bu akademiyadan Lionel Messi, Xavi, Andres Inesta, Karles Puyol va Pep Gvardiola kabi futbolchilar yetishib chiqqan. Ikkinchi pog‘onadan “Ayaks” akademiyasi joy olgan bo‘lsa, Ispaniyaning boshqa bir jamoasi — “Atletik” kuchli uchlikka yakun yasagan.

Eng yaxshi 10 ta futbol akademiya ro‘yxati quyidagicha:

1.“Barselona” (Ispaniya) – Messi, Xavi, Inyesta, Puyol, Gvardiola
2. “Ayaks” (Niderlandiya) – Kroyff, Bergkamp, van der Sar, van Basten, de Yong
3. “Atletik Bilbao” (Ispaniya) – Inyaki va Niko Uilyams, Lyaport, Xavi Martines, Kepa
4. “Benfika” (Portugaliya) – Rui Koshta, Jaou Feliks, Eusebio, Ruben Diash, Bernardo Silva
5. “Manchester Yunayted” (Angliya) – Bekhem, Charlton, Best, Reshford
6. “Real Madrid” (Ispaniya) – Butragenyo, Kasilyas, Guti, Chendo, Mishel
7. “Lion” (Fransiya) – Benzema, Lyakazet, Barkolya, Sherki, Lukeba
8. “Portu” (Portugaliya) – Karvalyu, Pepe, Diogu Koshta, Nevesh, Vitinya
9. “Flamengo” (Braziliya) – Ziko, Vinisius, Adriano, Julio Sezar, Lukas Paketa
10. “Lids Yunayted” (Angliya) – Bremner, Charlton, Eddie Grey, Lorimer, Madeley.

Kiritildi: 09:23 02.06.2025. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!