Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Futbol TV" va "Sport TV" telekanallari direktorlari muammoli masala yuzasidan fikr bildirdi

"Futbol TV" va "Sport TV" telekanallari direktorlari muammoli masala yuzasidan fikr bildirdi

Angliya Premyer-ligasi o‘yinlarining O‘zbekistondagi translyasiyasi bo‘yicha bo‘layotgan turli gap so‘zlarga munosabat bildirildi.

Bu haqda "Futbol TV" direktori Oybek Ortiqov o‘z instagram sahifasida yozib o‘tdi.

"Assalomu aleykum barchaga, hozirgi global savol — APL nima bo‘lyapti??? APLni ololmayotganimiz uchun MTRK ("Sport") telekanaliga katta rahmat deb qo‘yasizlar, chunki ularni deb narxlar salkam 9-10 barobar oshib ketdi. Ular xohlagancha byudjet (xalq pulidan)dan foydalangan holda, sotilayotgan narxdan 5-6 barobar ko‘p pul berib, chempionatlarni sotib oldi. Shundan kelib chiqib, translyasiya huquqini sotish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar narxlarni juda katta foizda ko‘tarib tashlashdi. Lekin ortga qaytish yo‘q, translyasiya huquqini olish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilyapmiz", — deb yozdi Oybek Ortiqov o‘z instagram sahifasida.

O‘z navbatida, bunga "Sport TV" direktori Zohid Karimov javob qaytardi.

"APL masalasida turli fikrlar bildirilmoqda. Ochig‘i huquq masalasi bozorini tushunmasdan "fatvo" chiqarayotganlar baribir aybdor qidiraveradi. "Sport TV" APLni ko‘rsatish bo‘yicha savdolarga kirishgani ham yo‘q, rejada ham bo‘lmagan. Sababi olinganlarini sig‘dirish o‘zi qiyin. Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, APLga egalik qilayotgan Setanta o‘zi ko‘rsatmoqchi O‘zbekiston hududida. Shuning uchun MTRK yoki "Sport" kanalini APL masalasida ayblashda tuxmatdan tiyiling. (Murojaat egasini topadi degan umiddaman). P.S. Biz imkoniyatimizga qarab musobaqalarni olamiz", — deb javob qaytardi u o‘z tvitter sahifasida.

Kiritildi: 10:54 06.08.2022. O'qildi: 5594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!