Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Futbol klublari o‘rtasidagi jahon chempionati Yaponiyada bo‘lib o‘tadi

Futbol klublari o‘rtasidagi jahon chempionati Yaponiyada bo‘lib o‘tadi

Futbol klublari o‘rtasidagi jahon chempionati 2021 yili Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq musobaqa 2021 yil 1-11 fevral kunlari Qatarda o‘tkazilishi kerak edi. FIFA rahbariyati bu borada yangi qarorga keldi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘sha yilning dekabr oyida Yaponiyada bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritdi. Ushbu futbol musobaqasi 2000 yildan beri muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar 16 marta tashkil etilgan.

Chempion unvoni Ispaniyaning «Real Madrid» 4, «Barselona» 3, Braziliyaning «Korintians» 2, «Internasyonal», «San-Paulu», Angliyaning «Liverpul», «Manchester Yunayted», Italiyaning «Milan», «Inter» va Germaniyaning «Bavariya» jamoalariga buyurgan.

2019 yilda «Liverpul» jamoasi g‘olib bo‘ldi. Koronavirus infeksiyasi tufayli bu yilgi musobaqa bekor qilindi.

Kiritildi: 11:36 06.12.2020. O'qildi: 2504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!