Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Futbol jurnalisti Temur Kapadzeni Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga taklif qildi

Futbol jurnalisti Temur Kapadzeni Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga taklif qildi

Futbol sharhlovchisi Aleksandr Troiskiy Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzod mutaxassislarni taklif qildi.

«Tojikiston milliy va olimpiya terma jamoalarining bosh murabbiylari Gela Shekiladze va Levan Xomeriki iste’foga chiqarildi.

Xorijlik mutaxassislarga kelsak, ular tojik futboli bilan yaxshi tanish emas. Shu bois moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqish kerak, chunki TFFda mablag‘ cheklangan. O‘zbekistondan biror mutaxassisni sinab ko‘rish mumkin: masalan, Islom Ahmedov. Yoki Timur Kapadze, agar u O‘zbekiston terma jamoasini tark etsa», — deb yozdi rossiyalik jurnalist.

Ta’kidlash joizki, avvalroq o‘zbek OAVlarida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga xorijlik mutaxassis tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 19:03 11.09.2025. O'qildi: 1299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!