Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi

Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi

⚡️ Farmonga ko‘ra, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda uning hududlarda bo‘linmalari tashkil etiladi.

📁 “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar a’zolariga beriladigan pul mablag‘lari tarzidagi homiylik xayriyalarining soliq solinmaydigan miqdorini 15 million so‘mdan BHMning 100 baravarigacha (34 mln so‘mgacha) oshiriladi.

🗓 2025 yil 1 yanvardan nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan davlat bojlari miqdorini 2 baravarga kamaytirilgan holda undiriladi.

✔️ Har yili vazirlik va idoralar fuqarolik jamiyati institutlariga ijtimoiy buyurtma berish bo‘yicha tanlovlar tashkil etadi.

▶️ Har yili dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ni o‘tkazib boriladi.

✅ Har ikki yilda Fond tomonidan taqdirlanadigan “Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti ta’sis etiladi.

📝 “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yoritish yo‘nalishida nominasiya tashkil etiladi.

📆 2024 yil 1 sentyabrdan fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bog‘liq barcha jarayonlarning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan yagona elektron platforma ishga tushiriladi.

Kiritildi: 19:10 26.08.2024. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!