Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi yangilandi

Fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi yangilandi

Hukumatning yangi qarori bilan fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi tasdiqlandi.

Yangi nizomga ko‘ra:
➖ ro‘yxatdan o‘tkazish ichki ishlar organlarining migrasiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;
➖ fuqaro va uy egasining roziligi “Face-ID” yoki “Mobile-ID” orqali tasdiqlanadi;
➖ fuqaro yangi manzilga ko‘chib kelganidan keyin 10 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tishi shart;
➖ ariza davlat xizmatlari markazlari, “Aqlli” migrasiya shoxobchalari yoki onlayn tarzda topshirilishi mumkin;
➖ 18 yoshgacha bo‘lganlar ota-onasi yoki vasiysi ro‘yxatda turgan manzilga qayd etiladi;
➖ bir nechta uyi bor mulkdor faqat bitta manzilda doimiy ro‘yxatda turishi mumkin.

Shuningdek, ayrim hududlarda — chegara zonalari, yopiq harbiy shaharchalar va favqulodda holat joriy etilgan joylarda yashash va harakatlanishga cheklov qo‘yilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 14:12. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!