Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Fuqarolar Tashkent City yangi bog‘i konsepsiyasi muhokamasida ishtirok etishi mumkin

A A A
Fuqarolar Tashkent City yangi bog‘i konsepsiyasi muhokamasida ishtirok etishi mumkin

Yaqin yillarda Toshkent markazida yangi bog‘ paydo bo‘ladi. U Tashkent City Xalqaro biznes markazining yuragiga aylanadi. Bog‘ning funksional modelini Rossiyaning KB Strelka kompaniyasi ishlab chiqmoqda.

3 iyul kuni 19:00 da loyihaviy seminarda bo‘lajak bog‘ muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Seminar maqsadi — faol va ularga qanday bog‘ kerak ekanligiga qiziquvchi fuqarolar fikrlarini to‘plash, shuningdek, loyiha bosqichi, qolaversa bog‘ni barpo etish bosqichi uchun o‘ziga xos g‘oyalarni taklif etishga tayyor kreativ insonlarni jalb qilish.

Seminar tashkilotchilari — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, KB Strelka va Alpha Education.

Tanlovdan o‘tish uchun anketani to‘ldirish va uning tasdiqlanishini kutish lozim. Ishtirokchilar soni cheklangan.

Manba: daryo.uz
 

Kiritildi: 00:29 29.06.2018. O'qildi: 1655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!