Fuqaro halol mehnati evaziga topgan daromadini tashkilot mutasaddilaridan ololmagach, sud qaroriga asosan ish haqini undirib berilishini so‘rab, MIB organlaridan qonuniy yordam so‘radi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 29.09.2023 yilgi sud buyrug‘iga asosan qarzdor “HUMANS” MCHJ undiruvchi I.Obuxova foydasiga jami to‘lanmay qolingan 428 mln. 243 ming so‘m miqdorida ish haqi undirish haqidagi ijro ishi yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi M.Raxmanov tomonidan qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar o‘rganilib, tegishli tartibda xatlangan hamda qarzdor hisob-raqamlariga band solingan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, to‘lov topshiriqnomalarga asosan undirilishi lozim bo‘lgan 428 mln. 243 ming so‘m ish haqi fuqaroga to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.