Farg‘ona tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida, Vodil MFYda yashovchi, SH.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash xonadoni hovlisida, chegaraning zaif hududlari orqali Qirg‘izistondan o‘tkazilgan, taxminiy narxi 14.400.000 so‘m bo‘lgan 79.200 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan SH.I.ga nisbatan O‘zR.MJtKning 185-moddasi prim 1-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish chorasi ko‘rilgan.
Pirotexnika vositalari inson hayoti va sog‘ligi uchun xavflidir. O‘zingiz va o‘zgalarni bunday vositalardan jabrlanishiga aslo yo‘l qo‘ymang!