Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

FT: Ukrainaning ikki tomonlama muammosi bor — oldin Putin, endi esa Tramp

FT: Ukrainaning ikki tomonlama muammosi bor — oldin Putin, endi esa Tramp

Nashrning yozishicha, Ukraina AQSh yordamisiz kurashni davom ettirish masalasida ikkilanmoqda. Ukrainaliklar uch yil oldin Rossiyaning ustun kuchlariga qarshi tura olishgan edi, ammo hozir vaziyat og‘irlashgan.

Oq uyda Tramp va Zelenskiy o‘rtasida yuz bergan bahs fonida AQSh Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan butunlay voz kechishi mumkinligi haqida taxminlar kuchaymoqda.

"Ukrainaliklar ikki qo‘rqinchli ssenariydan biriga duch kelishlari mumkin: yo hududlarni qaytarish imkoniyatisiz urushni tugatish bo‘yicha kelishuv imzolashga majbur bo‘lish, yoki asosiy harbiy homiysi bo‘lgan AQShning yordamisiz kurashni davom ettirishga urinish", deyiladi maqolada.

Shunga qaramay, gazetaning qayd etishicha, "ukrainalik askarlar, deputatlar, amaldorlar va yozuvchilar" Ukrainaning dronlar va jangovar robotlar sohasidagi ishlanmalariga tayanib, AQSh yordamisiz Rossiyaga qarshi kamida yana olti oy qarshi tura olishiga ishonishmoqda.

Kiritildi: 20:33 01.03.2025. O'qildi: 1184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!