Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fridrix Mersning reytingi rekord darajada pasaydi: Germaniyaliklarning 78 foizi undan norozi

Fridrix Mersning reytingi rekord darajada pasaydi: Germaniyaliklarning 78 foizi undan norozi

Germaniyaliklarning kansler Fridrix Mersdan norozilik darajasi rekord darajadagi 78 foizga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich GFRning avvalgi kansleri Olaf Sholsning eng past ko‘rsatkichidan ham yuqoriroqdir.

Bu haqda jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha Forsa instituti o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga tayanib, ntv telekanali xabar bermoqda.

Telekanalning qayd etishicha, Forsa so‘rovnomalari doirasida Sholsning reytingi hech qachon bu qadar past bo‘lmagan.

So‘rovnoma 31 martdan 2 aprelgacha bo‘lgan davrda 1503 kishi ishtirokida o‘tkazildi.

Kiritildi: 23:51 07.04.2026. O'qildi: 258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!