Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Fransuz siyosatchisi Qo‘shma Shtatlarni “Shimoliy oqim”ga putur yetkazaganlikda aybladi

A A A
Fransuz siyosatchisi Qo‘shma Shtatlarni “Shimoliy oqim”ga putur yetkazaganlikda aybladi

Fransiyalik siyosatchi, “Patriotlar” harakati yetakchisi Florian Filippo “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlari portlashlari ortida Qo‘shma Shtatlar turgani aniq, deb aytdi.

Bu haqda Filippo “RIA Novosti”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Hatto juda hurmatli jurnalist bo‘lgan Xersh ilgari surgan nazariyasidan oldin ham portlash ortida amerikaliklar turgani yaqqol ko‘rinib turardi", - deya ta’kidladi siyosatchi.

Filipponing eslatishicha, Vashington Ukraina mojarosidan ancha oldin bu gaz quvurlari bilan uzoq yillar kurashib kelgan.

U, shuningdek, AQSh prezidenti Jo Baydenning Vashington “Shimoliy oqim”ni yo‘q qilish uchun hamma narsani qilishga qodirligi haqidagi ommaviy bayonotiga ishora qildi.

Kiritildi: 08:20 17.03.2023. O'qildi: 1655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!