Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga korrupsiya ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Endi u elektron bilaguzuk bilan yuradi

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga korrupsiya ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Endi u elektron bilaguzuk bilan yuradi

Keyingi bir yil davomida 70 yoshli Sarkozi faqat ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 gacha uydan chiqishi mumkin. Uning yangi jinoiy ishi bo‘yicha sud majlislari bo‘lgan kunlari bu muddat 21:30 gacha uzaytiriladi.

2021 yilda Sarkozi mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va korrupsiyada aybdor deb topilgan edi. U 2014 yilda sudyani pora evaziga sotib olishga uringan, bu orqali 2007 yilgi saylovoldi kampaniyasining noqonuniy moliyalashtirilishi bo‘yicha tergov haqida ma’lumot olishni istagan.

Sobiq prezident bir yilga ozodlikdan mahrum etilgan va ikki yil shartli jazo olgan, biroq unga panjara ortida emas, uy qamog‘ida elektron bilaguzuk bilan jazo o‘tashga ruxsat berildi.

Kiritildi: 20:19 08.02.2025. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!