Hujum haqida mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Hujum qilgan shaxs shu maktabda o‘qiydigan 15 yoshli o‘smir bo‘lib, u polisiya kelguniga qadar o‘qituvchilar tomonidan qo‘lga olingan.
Hozircha uning harakatiga nima sabab bo‘lgani noma’lum.
Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, u ilgari hech qanday javobgarlikka tortilmagan va hujum terrorchilik bilan bog‘liq emasligi taxmin qilinmoqda.
Xabar qilinishicha, Fransiya Ichki ishlar vaziri hamda Ta’lim vaziri Nant shahriga yo‘l olgan.