Iman Helifning biologik erkak ekanligi haqida dalillar paydo bo‘ldi.
Fransiyalik jurnalist Jaffar Ait Audia Reduxx jurnaliga boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Iman Helifning biologik jihatdan erkak ekanligiga dalil keltirdi.
Helifning tibbiy hisobotidan olingan parchada unda XY xromosomasi borligini ko‘rsatadigan ma’lumotlar mavjud.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, jazoirlik sportchining bachadoni yo‘q, erkaklik a’zolari esa bor. Gormonal test Helif qonidagi testosteron darajasi erkaklarga xos darajada ekanligini ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, Helifning Parij-2024dagi janglarida ayol raqiblari norozilik bildirgan va uning jinsi borasida munozaralar bo‘lgandi.