Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Lavrov Fransiyaning “makkor rejalari” haqida gapirdi

Lavrov Fransiyaning “makkor rejalari” haqida gapirdi

Fransiya yopiq kanallar orqali Kiyev ishtirokisiz Ukraina bo‘yicha muloqot o‘rnatishga yordam berish taklifi bilan bir necha bor Rossiyaga murojaat qilgan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rus va xorijiy OAVga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Fransuz hamkasblarimiz turli masalalarda faol rol o‘ynash istagiga ega va biz buni olqishlaymiz, ammo bunday tashabbuslar qanday natija berayotgani va ijobiy rol o‘ynash istagi qay darajada samimiy ekanligini bilmayman”, - deydi Lavrov, — Masalan, hech kimni xafa qilmaslik uchun tafsilotlarga kirmayman, biroq bir necha bor frantsuz hamkasblarimizdan yopiq kanallar orqali so‘rovlar bo‘ldi: yordam beraylik, Ukraina masalasida muloqot o‘rnataylik. Aytgancha, hech qanday Ukrainasiz, shunchaki Ukraina masalasi bo‘yicha muloqot, go‘yo G‘arb doimiy ravishda "Ukrainasiz Ukraina haqida bir og‘iz so‘z bo‘lishi mumkin emas" degan tamoyilni buzgandek.

Kiritildi: 20:48 26.12.2024. O'qildi: 2959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!