Markazchi Demokratik Harakat (MoDem) partiyasi rahbari Fransua Bayru Fransiyaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi.
Bu haqda BFMTV Yelisey saroyiga tayanib xabar berdi.
Matinyon saroyida hokimiyatni iste’foga chiqqan bosh vazir Mishel Barnyedan Vazirlar Mahkamasining yangi rahbariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
73 yoshli Bayru Fransiya siyosatining faxriysi. 1993-1997 yillarda xalq ta’limi vaziri. 2017 yilda u qisqa muddat Adliya vazirligini boshqargan. U 2002, 2007 va 2012 yillarda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
Uning partiyasi prezidentni qo‘llab-quvvatlovchi “Birgalikda” siyosiy koalisiyasining bir qismidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyadagi o‘ng va chap muxolifat agar prezident Emmanuel Makron o‘z lageri tashqarisidan yangi nomzod taklif qilmasa, bosh vazirni yana lavozimidan olish bilan tahdid qilgan edi.