Fransiyada Men daryosida sho‘ng‘ish paytida ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Bu haqda AFP axborot agentligi mahalliy prokuraturaga tayanib xabar bermoqda.
Hodisa dushanbadan seshanbagacha bo‘lgan kechada Anje shahrida o‘quv mashg‘ulotlari paytida sodir bo‘lgan. 24 va 30 yoshli g‘avvoslar harbiy suv osti mashg‘ulotlarida qatnashishgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala g‘avvos ham daryo ustidagi ko‘prik tayanchida qolib ketgan bo‘lishi mumkin.