Fransiyada voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar soni ko‘paygan.
Bu haqda Fransiya bosh vaziri Gabriyel Attal «France 2» telekanali efirida aytib o‘tdi, deb xabar beradi «Report» .
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘smirlar o‘rtasidagi jinoyatlar sonini kamaytirish uchun maktab-internat tizimiga qaytish muhim:
“Biz 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jinoyatchilik muammosi haqiqatini tushunishimiz kerak. Ularning o‘z yo‘liga qaytishiga yordam beradigan ta’lim faoliyati kerak. Shu maqsadda hokimiyat maktab-internatlar faoliyatiga yangi sur’at bag‘ishlamoqchi. Ayni paytda fransuz maktab-internatlarida 50 ming o‘rin mavjud".
Bosh vazir yoshlar siyosati hukumatning ustuvor mavzularidan biri bo‘lishini qo‘shimcha qildi.