Fransiyaning ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi (DGSI, kontrrazvedka) xodimlari mamlakat g‘arbida 16 yoshli o‘smirni teraktga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilib qo‘lga oldi.
Bu haqda Le Figaro nashri xabar bermoqda.
Hibsga olish 5 noyabr kuni amalga oshirilgan, 8 noyabr kuni esa Milliy aksilterror prokuraturasi (PNAT) yigit terroristik jinoiy guruh faoliyatiga sheriklikda ayblanib, hibsga olinganini tasdiqlagan.
Tintuv chog‘ida qo‘lga olingan shaxsdan qo‘g‘irchoq to‘pponcha va pichoq topilgan. Aytilishicha, u radikal g‘oyalar ta’siriga tushib, o‘qotar qurol sotib olishga uringan. U ijtimoiy tarmoqlarda faol yozishmalar olib borgan va “Islomiy davlat” terrorchilik tashkilotining tashviqot videolarini tomosha qilgan. U, shuningdek, o‘z uyidan bir necha kilometr uzoqlikdagi Le Man kommunasidagi sinagoga manzilini ham qidirdi, nashrning yozishicha, o‘tgan yili teraktning oldi olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yigit 2020 yil 16 oktyabrda radikal islomchi tomonidan maktab o‘qituvchisi Samuel Patining o‘ldirilishi bo‘yicha sud boshlanganidan keyin hujumga tayyorgarlikni kuchaytirgan. Bundan tashqari, DGSI Yaqin Sharqda davom etayotgan mojarolar fonida Fransiyada yahudiylik vakillariga nisbatan tajovuz qilish holatlari ko‘payganiga ishora qilmoqda.