Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Fransiyada o‘rmon yong‘inlariga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 400 nafardan ortiq odam hibsga olindi

Fransiyada o‘rmon yong‘inlariga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 400 nafardan ortiq odam hibsga olindi

Yoz boshidan beri mamlakat bo‘ylab o‘rmon yong‘inlariga aloqadorlikda gumon qilinib, 402 kishi, jumladan, 156 nafar voyaga yetmaganlar hibsga olingan.

Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunyes matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Bugungi kunga qadar xavfsizlik kuchlari qasddan yoki bilmagan holda o‘t qo‘yish bilan bog‘liq holda 402 kishini hibsga oldi", dedi u.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yoz boshidan beri mamlakatda 14 000 ta yong‘in qayd etilgan, 120 000 gektar yer vayron bo‘lgan. Var departamentida ikki haftadan beri yong‘in avj olmoqda, uni o‘chirish uchun 1000 nafar o‘t o‘chiruvchi ishlamoqda.

Issiqlik tufayli 16 ta departamentida "to‘q sariq" ob-havo ogohlantirishi amal qilmoqda. Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyada yuqori harorat jumagacha davom etishi kutilmoqda.

Kiritildi: 10:10 05.08.2026. O'qildi: 1347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!