Malta bayrog‘i ko‘tarilgan Sea Lady II superyaxtasi Fransiya janubi-sharqidagi Sen-Trope portida yonib ketdi.
Bu haqda o‘t o‘chirish xizmatidagi manbalarga tayanib, Agence France-Presse xabar berdi.
Yaxtadagi yong‘in noma’lum sababga ko‘ra 10 iyul kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 20:15 da sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar bortga chiqa olmagani uchun yong‘inni o‘chirishda qiynalmoqda. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Suv maydonini ifloslanishdan himoya qilish uchun to‘siqlar o‘rnatildi.
O‘t o‘chirish xizmati vakili 41 metrlik kema cho‘kib ketishini taxmin qildi.