Fransiyada uchuvchi, besh nafar instruktor va besh nafar amaliyotchi hamshira bo‘lgan samolyot qulab tushishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda L’Est Républicain nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 28 iyun kuni ertalab soat 11 lar atrofida Nansi shahri chekkasida sodir bo‘lgan. Samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, aeroport yaqinida halokatga uchragan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va polisiyaning katta kuchlari yetib kelgan. Ular hududda xavfsizlik koridori o‘rnatgan va yo‘llar yopilgan.
Halokatga uchragan samolyot Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Pilatus PC-6 hisoblanadi. Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunes halokat joyiga borishini ma’lum qilgan. Aviahodisa sabablari hozircha noma’lum.