Nashr manbalariga ko‘ra, suv osti kemalari va harbiy kemalar ishlab chiqaruvchi Naval Group nomli Fransiya mudofaa kompaniyasi kiberjinoyatchilar hujumiga uchragan. Xakerlar muhim tizimlarga, jumladan jangovar boshqaruv kodlari va yadroviy dasturlarga kirish huquqini qo‘lga kiritgan.
"Xakerlar AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining suv osti kemalari va fregatlarining jangovar tizimlariga oid, deb ta’riflangan 30 GB hajmdagi ma’lumotlarni e’lon qilgan. AQSh va Fransiya rasmiylari oshkor qilingan ma’lumotlarning haqqoniyligini tergov doirasida tekshirmoqda", deya yozmoqda Financial Times.