Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Fransiyada Makron siyosatiga qarshi ommaviy namoyishlar boshlandi

Fransiyada Makron siyosatiga qarshi ommaviy namoyishlar boshlandi

Fransiyada prezident Emmanuel Makronning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hammasini to‘xtat” shiori bilan tarqalgan chaqiriqlardan keyin Parij, Lion, Renn va boshqa shaharlarda yuzlab namoyishchilar ko‘chalarda to‘plandi. Ular ayrim yo‘llar va jamoat transporti qatnovini to‘sdi.

Renn shahrida aylanma yo‘llarda barrikadalar qo‘yilib, ularga olov qo‘yildi. Shaharda avtobus ham yoqib yuborilgan. Lionda esa chiqindilar qutisi tramvay yo‘llariga ag‘darilib, yoqib yuborilgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 85 kishi, shu jumladan Parijda 75 kishi hibsga olingan. Xavfsizlik kuchlari ayrim joylarda ko‘zdan yosh chiqaruvchi gaz ishlatgan.

Taxminlarga ko‘ra, umummilliy namoyishlarda 100 mingga yaqin inson ishtirok etadi.

Kiritildi: 14:19 10.09.2025. O'qildi: 924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!